
Buskets "Real" afsonalarini ta’qib qilmoqda
Ispaniya terma jamoasi etakchisi Serxio Buskets Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Gretsiyaga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi.
Shu tariqa, "Barsa" futbolchisi terma jamoa libosidagi o‘yinlari sonini 133 taga etkazib oldi. Bu borada u "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xaviga tenglashib oldi. Hozirda, ular 3-o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Ulardan yuqorida "Real" klubining ikki afsonasi Iker Kasilyas hamda Serxio Ramos bormoqda. Faoliyatini yakunlagan darvozabon Iker "qizil furiya" tarkibida 167 uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, Ramos 180 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar