"Buxoro" bugun RPL klubi bilan o‘ynaydi

  • 30 yanvar, 2023, 13:41
  • 0
CHERY AUTO

Bugun "Buxoro" jamoasi Turkiyadagi yig‘in doirasida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston respublikasi poytaxti – Grozniy shahrining bosh jamoasi "FK Axmat".

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, "FK Axmat" Rossiya premer-ligasida ayni damda oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Jami 17 uchrashuvda 8 g‘alaba, 2 ta durang va 7 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati 27-27. "FK Axmat" turnir davomida Rossiyaning grand jamoalari "Zenit", "Dinamo Moskva" hamda "Rostov" jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan.(Rossiya premer-ligasi peshaqadami "Zenit" yagona bo‘lgan mag‘lubiyatini aynan "FK Axmat"dan qabul qilgan.) Jamoa to‘purari Konate Mohamed hisoblanadi. Hujumchi 16 uchrashuvda 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Bugungi bahs "FK Axmat" mashg‘ulotlar o‘tkazadigan maydonda Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da start oladi.

NAZORAT UChRAShUVI
30.01.23  19:30

"AXMAT" – "BUXORO"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!