"Buxoro" qaytdi

  • 21 fevral, 2021, 21:39
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Buxoro" klubi futbolchilari qisqa ta’tildan so‘ng bugundan mashg‘ulotlarga kirishishdi. Mavsumga tayyorgarlikning keyingi bosqichi Buxoroda davom ettiriladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Marko Milich "Yangier" jamosiga qarshi kechgan nazorat uchrashuvidan so‘ng chap qo‘lidan jarohat olgani ma’lum bo‘lgan edi. Tibbiy tekshiruvdan so‘ng uning chap qo‘l kaft suyagi shikastlanishi aniqlanib, darhol o‘sha kunning o‘zida gips qilingan edi. Bunday jarohatlar o‘rtacha 3 xafta ichida tiklanar ekan. Marko yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

photo_2021-02-21_16-11-17

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!