
“Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvini qaysi hakam boshqarishi ma’lum bo‘ldi
Ertaga, 14 avgust kuni “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi Coca Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tadi.
O‘zPFL mazkur bellashuvni Akobirxo‘ja Shukurullaev boshliq hakamlar brigadasi boshqarib borishini ma’lum qildi. Unga qanotlarda Hasan Nabiev va Daler Tilloev yordam beradi.
Ma’lumot uchun, ushbu bahs “Paxtakor” stadionida soat 19:00 da start oladi.
Coca Cola Superliga. 9-tur
14 avgust, juma
BUXORO – BUNYoDKOR
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Hasan Nabiev, Daler Tilloev, Ahamdjon Ergashev
Nazoratchi: Sardor Najafaliev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.
Fikrlar