"Buyukdor" futbolchisi "Spartak"ga o‘tdi

  • 22.07.2026 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kostromaning "Spartak" jamoasi tarkibi yana bir legioner bilan toʻldirildi. Jamoa matbuot xizmati maʼlum qilishicha, klub 26 yoshli chernogoriyalik himoyachi Marko Bugarin bilan shartnoma imzoladi.

Marko Bugarin professional faoliyati davomida Chernogoriya, Serbiya va Oʻzbekiston chempionatlarida 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. U turli ligalarda toʻp surib, tajribali va ishonchli himoyachi sifatida tanilgan.

Bugarinning soʻnggi klubi Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi boʻldi. U yerda futbolchi 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va yana 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Chernogoriyalik futbolchi bundan oldin Serbiyaning "Spartak" (Subotica), "Mladost" (Novi-Sad), shuningdek, Chernogoriyaning "Edinstvo", "Mornar", "Bokel" va "Igalo" klublarida ham oʻynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!