
CAFA 8-kongressi yakunlandi, Rustam Imomali tashkilot prezidenti etib saylandi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining (CAFA) 8-Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Kongressda FIFA prezidenti Janni Infantino, OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa, shuningdek, tashkilotga a’zo mamlakatlar assotsiatsiyalari rahbarlari va delegatlari ishtirok etdi.
CAFA 8-Kongressida o‘tkazilgan saylov natijalari:
CAFA prezidenti
Rustam Imomali (Tojikiston)
CAFA vitse-prezidenti
Muhammad Yusuf Kargar (Afg‘oniston)
Arslan Aynazarov (Turkmaniston)
CAFA vakili bo‘lgan OFK Ijroiya qo‘mitasi a’zosi
Dostonbek Qo‘noqboev (Qirg‘iziston Respublikasi)
CAFA Ijroiya qo‘mitasi a’zosi
Hidoyat Mombeni (Eron Islom Respublikasi).
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar