"CAFA Nations Cup". Bugun terma jamoamiz guruhdagi so‘nggi va hal qiluvchi uchrashuvini o‘tkazadi

  • 05.09.2025 01:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz "CAFA Nations Cup" turnirida ishtirok etmoqda va "A" guruhidan o‘rin olgan. 
 
Vakillarimiz dastlabki 2 to‘qnashuvning birinchisida durang qayd etdi. Ikkinchi turda esa Turkmanistonni 2:1 hisobida taslim etdi. Bu orqali hamyurtlarimiz 4 ochkoga ega bo‘lgan holda, guruh etakchilaridan biri bo‘lib turibdi. 
 
O‘mon ham xuddi biz kabi 4 ochko bilan kelmoqda va so‘nggi turda Turkmaniston bilan kuch sinashadi. 
 
Jamoamiz esa "Olimpik" stadionida Qirg‘iz Respublikasi bilan hal qiluvchi to‘qnashuvda maydonga tushadi. Mazkur bellashuv bugun 5 sentyabr kuni 19:30’da start oladi. 
 
Eslatib o‘tamiz, guruhni 1-o‘rin bilan yakunlagan jamoa finalda Eron bilan to‘qnash keladi. 2-o‘rinni olib, keyingi bosqichga yo‘l olgan jamoa Tojikiston bilan 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!