
CAFA U-14 Championship 2022. O‘zbekiston yoshlari Turkmanistonga 8 ta gol urdi
O‘zbekiston U-14 terma jamoasi “CAFA U-14 Championship 2022” turniridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Islom Ismoilov shogirdlari birinchi turda turkmanistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushib, yirik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdilar.
O‘zbekiston 8:1 Turkmaniston
Gollar: Muhammad Habibullaev 11, Mo‘minjon Shuhratov 13, Abdusamad Saidov 18, Nurbek Sarsenbayev 40, Muhammadrizo Parpiyev 53, Jafar To‘xtaboyev 65, 77, Kamoliddin Mamurjonov 68, Eziz Murataliyev 73.
Fikrlar