Chalajon “Manchester Yunayted” qit’a miqyosida supernatija qayd etdi

  • 22 fevral, 16:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Evropaning eng kuchli klublari asosan qit’aning eng nufuzli ikki turniri – Chempionlar ligasi va Evropa ligasida ishtirok etadi.

Angliya Premer-ligasida o‘zini ko‘rsata olmayotgan va ko‘p bor mag‘lubiyatga uchragan “Manchester Yunayted” qit’a miqyosida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda.

“Yunayted” Chempionlar ligasi va Evropa ligasining joriy mavsumida maydonga tushgan 72 ta klub orasida hali mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa hisoblanadi. Xususan, manchesterliklar Evropa ligasining umumiy bosqichida beshta g‘alaba  va uchta durang qayd etib, 18 ochko bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Bu bosqichda Ruben Amorim shogirdlari “Real Sosedad” bilan ikkita uchrashuvda kuch sinashadi.

UEFAning uchinchi musobaqasi – Konferentsiyalar ligasida yana ikki jamoa mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Bular Londonning “Chelsi” va Portugaliyaning “Vitoriya Gimaraynsh” klublaridir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!