“Charm to‘p-2019”. Samarqandda hududiy bosqich g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

  • 15 avgust, 2019, 11:37
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan “Charm to‘p-2019” respublika an’anaviy turniri mamlakatimiz bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda.

Samarqand viloyatida ham ushbu musobaqaning 2-bosqichi yakunlandi. Jumladan, 14 avgust kuni “Do‘stlik” futbol o‘yingohida “Charm to‘p” an’anaviy futbol musobaqasining Kattaqo‘rg‘on shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Charm to‘p Samarqand 1

Musobaqada 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 70 nafarga yaqin yoshlar maydonda bahs olib bordi. O‘yinlar natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahri yoshlari qo‘lga kiritdi. Paxtachi tumani 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, 3-o‘rin Narpay tumani jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

photo_2019-08-15_11-25-32

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!