
"Charm to‘p". Nurafshonliklar viloyat bosqichiga chiqishdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovning 2019 yil 24 iyuldagi 1-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 14 avgustda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani hududida “Charm to‘p” musobaqasining 3-bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Bo‘ka tumanidan “Jag‘albayli” MFY, Oqqo‘rg‘on tumanidan “Xamzaobod” MFY, Bekobod tumanidan “Yangibozor” MFY, Bekobod shahridan “Tsementchi” MFY, Nurafshon shahridan “Bobur” MFY, O‘rtachirchiq tumanidan “Xalqobod” MFY jamoalari o‘zaro kurash olib borishdi.
Murosasiz kechgan bahslar natijasiga ko‘ra finalda Bo‘ka va Nurafshon mahallari o‘zoro bellashadigan bo‘lishdi. Hal qiluvchi bahs 3-1 hisobida Nurafshon shahri sharafini himoya qilayotgan “Bobur” MFYning g‘alabasi bilan yakun topdi va ular hududiy bosqichda g‘olib bo‘lib, viloyat final bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Fikrlar