
Charos Qayumova Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi
Terma jamoamiz Janubiy Koreyada o‘tkazilayotgan taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida navbatdagi medalini rasmiylashtirdi. -53 kg vazn toifasi ishtirok etgan Charos Qayumova musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
Qayumova finalgacha yo‘lni mardonavor bosib o‘tdi. Biroq hal qiluvchi bellashuvda eronlik Nahid Kiyanchandehga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal sohibasiga aylandi.
Shu tariqa, qit’a birinchiligining birinchi kunida jamoamiz 1 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar