"Chelsi" - Koutinoni sotib olish uchun yagona da’vogar

  • 14.05.2019 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" vingeri Filippe Koutinoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Cadena Ser nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli braziliyalik futbolchi yozda “Real”ga o‘tishi aytilayotgan Eden Azarning o‘rniga munosib ko‘rilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, “aristokratlar” Koutinoni sotib olish istagini bildirayotgan yagona jamoa hisoblanishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, FIFA “Chelsi”ga transfer taqiqi qo‘ygan. Agar ushbu taqiq olib tashlanmasa, londonliklar hech qanday yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olishmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!