"Chelsi" 18 yoshli Xadson-Odoiga deyarli 6 mln evro maosh taklif qilmoqda

  • 19 iyul, 2019, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi hujumchi Kallum Xadson-Odoi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 18 yoshli futbolchiga 5 yilllik shartnoma va yiliga 5,8 mln evro maosh taklif qilishmoqda. Ushbu mablag‘ bonuslar hisobiga 12 mln evrogacha oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xadson-Odoining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Qishki transferlar davrida unga “Bavariya”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!