«Chelsi» 3 nafar futbolchi bilan xayrlashdi
«Tottenxem» London derbisidagi asosiy raqiblaridan biri – «Chelsi»dan markaziy himoyachi Tosin Adarabioyoni oʻz safiga qoʻshib oldi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari «koʻklar» futbolchini «shporalar»ga 7 million funt atrofidagi toʻlov va qoʻshimcha bonuslar evaziga sotishi kutilgani haqida xabar bergan edi.
28 yoshli angliyalik himoyachi oʻtgan mavsumda Angliya Premier-ligasida 16 ta oʻyinda maydonga tushgan.
«Chelsi» shu bilan birga «Seltik» klubiga ikki nafar yosh futbolchisini ijaraga berdi. 18 yoshli chap qanot himoyachisi Lendon Emenalo va hujumchi Shumayra Meuka mavsumni shotlandiyaliklar safida oʻtkazadi. Meuka bundan avval londonliklar bilan 5 yillik yangi shartnoma imzolagandi.
Yozgi transfer oynasida «Chelsi» tomonidan xarid qilingan, 18 yoshli himoyachi Onest Aganor esa hozircha «Atalanta»dan «Kristal Pэlas»ga ijara asosida oʻtdi. U "aristokratlar" tarkibiga 2027 yilda qoʻshilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar