
"Chelsi" Abraxam bilan kelisholmayapti
Londonning "Chelsi" klubi o‘z forvardi Temmi Abraxam bilan yangi bitim borasida kelisholmayapti.
Bunga sabab, 22 yoshli hujumchining vakillari haftasiga 180 ming funt maosh talab qilishmoqda. Jamoa yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi haftasiga shuncha maosh ishlab topadi.
Joriy mavsumni Abraxam yorqin o‘tkazganidan so‘ng, "Chelsi" futbolchini jamoada olib qolmoqchi, ammo muzokaralarda kelisholmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Abraxam joriy mavsum APLda 19 uchrashuv o‘tkazib 12 ta gol urdi va to‘purarlar ro‘yxatida etakchilik qilayotgan Jeymi Vardidan 5 taga kamroq gol urib, 3-o‘rinni egallab turipti.
Fikrlar