"Chelsi" afsonasi Drogba prezident bo‘lishi mumkin!

  • 12 aprel, 2022, 17:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" va "Kot-d'Ivuar" terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Dide Drogba mamlakat futbol federatsiyasi prezidentligi uchun o‘z nomzodini ko‘rsatdi. U 6 ta nomzoddan biri sifatida ro‘yxatga olingan.

Tecno

"Africa news" xabariga ko‘ra, 44 yoshli Drogbaning saylovda ishtirok etishini amaldagi federatsiya prezidenti Mariam Dao Gabala tasdiqladi. 

"Mamlakat futbol federatsiyasi rahbarligi uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish yakuniga etdi. Unga ko‘ra, 6 nomzod prezidentlik saylovlarida ishtirok etadi. Ular Yatte Ellele Jan-Baptista, Arnaud Aka, Louren Kuko, Idris Diallo, Sori Diabate va Dide Drogba", - dedi Gabala. 

Ma’lumot o‘rnida, saylov jarayonlari 23 aprel kuni start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!