
“Chelsi” bahaybat futbolchini qo‘lga kiritdi
“Chelsi” tarkibini yangilashdan davom etmoqda. Londonliklar frantsiyalik tayanch yarim himoyachisi Lesli Ugochukvuning transferini qisqa fursatda ijobiy hal qildi.
“Renn” jamoasi o‘z futbolchisini 30 million evroga qo‘yib yuborishga rozilik berdi. Garchi Lesli Ugochukvu tayanch zonada o‘ynasa-da, “Chelsi” ushbu pozitsiya uchun “Brayton”dan Moyzes Kaysedoni olish fikridan qaytgani yo‘q.
“Aristokratlar” Lesli Ugochukvuni kelajak uchun sotib olgan. Katta ehtimol bilan frantsiyalik futbolchi “Strasbur” jamoasiga ijaraga jo‘natiladi.
Unochukvo 19 yosh bo‘lishiga qaramay, jismonan juda baquvvat. Bo‘yi 191 santimetr bo‘lgan bu futbolchi tayanch zonadan tashqari, himoya markazida ham samarali o‘ynay oladi.
Fikrlar