"Chelsi" "Barselona" hujumchisi bilan shartnoma imzolash arafasida

  • 26 iyun, 2024, 08:36
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" "Barselona" akademiyasida tahsil olgan Mark Giu bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar kelishib olishgan. Bu transfer "aristokratlar"ga 6 million evroga tushadi. 2006 yilda tug‘ilgan ispaniyalik strayker bilan uzoq yillik bitim tuzilishi rejalashtirilgan. 

Giu jamoaga Vitor Roke kelganidan keyin maydondagi daqiqalari keskin kamayib ketishini bildi va kataloniyaliklar safini tark etishga qaror qildi. Shundoq ham, unga ko‘p o‘yin amaliyoti berilgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Mark yakuniga etgan mavsum La Ligada 3 ta o‘yin maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Chempionlar ligasi doirasida "Antverpen" darvozasini ham ishg‘ol qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!