“Chelsi”: Bitta bo‘lsin, zo‘r bo‘lsin!

  • 06.01.2021 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” qishki transferlar vaqtida faqatgina bitta futbolchini xarid qilishini bildirdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Frenk Lempard bir necha yangi o‘yinchilarni olishni istayotgan bo‘lishsa-da, klub rahbarlari faqatgina “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Raysni sotib olish uchun mablag‘ ajratishga qaror qilgan.

Yozda Lempard transferlarga 220 million funt sarflaganiga qaramay, jamoa kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayapti. Klub xo‘jayinlari Lempardning o‘rniga ham murabbiy qidirmoqda.

“Vest Xem” 21 yoshli futbolchining transferidan 80 million evro ishlab olishni reja qilgan. “Chelsi” mutasaddilari Raysni sotib olish uchun Markos Alonso, Fikayo Tomori, Denni Drinkuoter va Villi Kabaleroni sotib yuboradi. Agar bu futbolchilar qishda ketmasa, Deklan Raysning transferi ham yozga qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!