“Chelsi” bosh murabbiyi: Menda 21 futbolchi shug‘unlanyapti, qolgan 20 tasini ko‘rganim yo‘q.

  • 23 avgust, 2024, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali bergan ma’lumotga ko‘ra, “Chelsi”ning asosiy tarkibida 41 ta futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu boshqa jamoalardan anchagina ko‘p.

Tecno

Biroq “aristokratlar” bosh murabbiyi Entso Mareska uning qo‘l ostida muntazam mashg‘ulotlarda qatnashayotgan futbolchilar soni ancha kamligini iddao qildi.

- Men 42 ta emas, 21 nafar futbolchi bilan ishlayapman. Qolgan 15-20 nafar o‘yinchi alohida shug‘ullanib yuribdi va men ularni hali ko‘rganim yo‘q.

Lekin bu tashqaridan ko‘ringanidek, tartibsizlik emas. O‘yinchilarning klub bilan 20 yillik shatnomasi bo‘lishi mumkin. Bu mening muammom  emas va meni bezovta qilmaydi, - dedi Entso Mareska.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!