"Chelsi" "Brentford"ning ikki futbolchisini sotib olmoqchi
Mavsumni omadsiz tarzda o‘tkazayotgan "Chelsi" yozda bir qancha transferlarni amalga oshirmoqchi. "Aristokratlar" "Brentford"dan Ayvan Touni va David Rayyani o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Bu haqda "Football London" nashri xabar tarqatdi.
Londonliklarga ayni dam markaziy hujumchi kerak. Touni esa mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. U jamoasi tarkibida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, "Chelsi" o‘ziga yangi darvozabon qidirmoqda. Variantlar orasida ispaniyalik posbon David Raya ham bor. Shunigdek yozda klubni Kepa va Mendi tark etishi mumkin.



Fikrlar