
"Chelsi" dunyoning eng qimmat darvozabonini "Atletiko"ga bermoqchi
Londonning "Chelsi" klubi "Atletiko" Madrid darvozaboni Yan Oblakning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda El Chiringuito TV xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli sloveniyalik posbonni shaxsan “aristokratlar” ustozi Frenk Lempard xohlamoqda. Londonliklar uning transferi uchun “matraschilar”ga 30 million evro va o‘zining asosiy darvozaboni Kepa Arrisabalagani berishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Oblak joriy mavsum “Atletiko” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 25 ta gol o‘tkazib yubordi. Kepa esa 43 ta o‘yinda 31 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar