"Chelsi" etakchilaridan biri MYuga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi N'Golo Kante APLning 35-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra frantsiyalik futbolchi o‘tgan tur "Byornli"ga (2:2) qarshi bahsda jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Chelsi" o‘yini 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Kante joriy mavsum “Chelsi” safida jami 49ta o‘yinda ishtirok etdi va 5ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar