“Chelsi” futbolchilari "Inter"ni kuchaytiradi

  • 07.12.2020 13:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte “Chelsi”da o‘ynayotgan sevimli shogirdlarini o‘z jamoasiga chaqirishni rejalashtiryapti. Italiyalik murabbiy o‘z qol ostida to‘p surgan Ngolo Kante va Olive Jiruni Milanga ko‘chib kelishga ko‘ndira olishiga ishonmoqda.

“Yuventus”ning Jiruga qiziqayotgani ma’lum bo‘lganidan keyin milanliklar mutasaddilari futbolchi vakillari bilan aloqaga chiqqan.

“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard muhim gollarni urayotganiga qaramay, Jiruni jamoaning asosiy hujumchisi darajasiga ko‘tarishga tayyor emasligini bildirgan.

Kante ham keyingi paytda jamoadagi muhitdan norozi  bo‘lmoqda. Frantsiyalik yarim himoyachi yozda ham klubdan ketishni istagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!