"Chelsi" futbolchisi "Bavariya"ga o‘tmoqchi edi

  • 10 yanvar, 2020, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" qanot yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi bir yil avval "Bavariya"ga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan ekan.

Tecno

"Ketishni xohlagandim, chunki o‘sha vaqtda maydonga juda kam tushar edim, bu mavzuni hatto oilam bilan maslahatlashgan ham edim. Lekin Myunxenga ketishga yaqin qolgandi deb ayta olmayman, ammo tan olishim kerak o‘shanda xayolimda faqat shu fikr aylanar edi. Hozir hammasi o‘zgardi. Klub bilan yangi shartnoma imzoladik. Bundan baxtiyorman.

O‘tgan davr mobaynida ko‘p hodisalar yuz berdi, ko‘p narsalarni o‘ylashga, o‘rganishga majbur bo‘ldim. Men faqat o‘zimga bo‘lgan ishonchimni qaytarib olimishim va maydonda nimalarga qodirligimni isbotlashim talab qilingan ekan", - deydi Xadson-Odoi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!