"Chelsi" futbolchisi o‘zini Karim Benzemaga qiyosladi

  • 24 fevral, 2024, 15:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" hujumchisi Niklas Jekson vaziyatlardan foydalana olmasligi borasida ko‘plab tanqidlarga duch kelayotgani ko‘pchilikka ma’lum. Ushbu tanqidlardan so‘ng futbolchining o‘zi ham bu haqda fikr bildirdi. 

Tecno

"Bolaligimda Benzemaning "Real" safida ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olmasligini ko‘rardim. Biroq keyin u "Oltin to‘p" sohibiga aylandi. 

To‘g‘ri, men uning darajasida emasdirman. Lekin hamma narsa o‘zgaruvchan ekanini bilaman va hozirgi tanqidlarga jiddiy e’tibor qaratmayman!", - dedi senegallik futbolchi.

Ma’lumot o‘rnida, Jekson joriy mavsum APLning 22 o‘yinida 7 gol va 3 assist muallifi bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!