“Chelsi” futbolchisi raqib jamoaga o‘tib ketmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi hujumkor futbolchisi Pedru Netu “aristokratlar”ning Angliya Premier-ligasidagi ashaddiy raqiblaridan hisoblangan “Liverpul”ga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.
Bu haqida Indykaila News nashri ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, portugalialik futbolchi yaqin transferlar oynasida klubini almashtirish ehtimolini istisno qilmayapti. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlangan tasdiqlangani yo‘q.
Pedru Netu 2024 yilning yozida “Vulverxempton”dan 60 million yevro evaziga “Chelsi” safiga qo‘shilgan.
U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatma qayd etdi.
Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi safida jahon chempionatida bitta golli uzatma amalga oshirib, jamoasining 1/8 finalga chiqishiga hissa qo‘shdi.

Fikrlar