
“Chelsi” futbolchisi Rim klubiga o‘tishi mumkin
“Chelsi” himoyachisi Emerson faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi. “Isider Lazio” nashri xabariga ko‘ra, "Latsio" 28 yoshli italiyalik futbolchi bilan 9 million evroga sotib olish sharti bilan ijara bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Emersonning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 14 million evroga baholamoqda.
Emerson o‘tgan mavsumda "Lion"da ijara asosida o‘ynagandi. U klubining barcha musobaqalar doirasidagi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar