"Chelsi" futbolchisini Italiyada olib qolishmoqchi

  • 06.04.2020 00:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atalanta" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Mario Pashalichni o‘zining to‘laqonli futbolchisiga aylantirmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, A Seriya klubida 25 yoshli futbolchining transferini 15 million evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi mavjud.

Ta’kidlash kerakki, Pashalich joriy mavsumni aynan “Atalanta” safida ijarada o‘tkazmoqda. U hozircha 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!