“Chelsi” Ikardi uchun “Inter”ga qancha bermoqchi?

  • 22.03.2018 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi hujumchi Alvaro Morataning o‘rniga munosib o‘rinbosar topishni boshlab yubordi.

TNT Sports tarqatgan xabarga qaraganda “aristokratlar” “Inter” forvardi Mauro Ikardi uchun kurashga qo‘shilishgan. Londonliklar argentinalik to‘purar uchun “neradzurrilar”ga 63 mln evrolik taklif ham yuborishgan.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum A Seriyaning 24ta bahsida maydonga tushib, o‘z hisobiga 22ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Inter” Ikardini sotmasligi va uni jamoa tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishni rejalashtirayotani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!