“Chelsi” ikki yulduzini saudiyaliklarga sotmoqchi

  • 20 mart, 2024, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” rahbariyati jamoaga foydasiga tegmay qo‘ygan qimmatbaho yulduzlarni Saudiya Arabistoniga transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Xususan, bugungi kunda Romelu Lukaku va Kepa Arrisabalaga singari mashhur futbolchilar “aristokratlar”ga umuman kerak emas. Belgiyalik forvard hozir ijara asosida “Roma” sharafini himoya qilmoqda. 30 yoshli to‘purarni Rimga chaqirgan Joze Mourinoning o‘zi “Roma”ni tark etib bo‘ldi.

29 yoshli Kepa esa, ijara asosida “Real”da o‘ynayapti. Madridliklar ispaniyalik darvozabonni to‘liq transfer qilish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q.

London klubi mutasaddilari bu ikki futbolchini yozgi transferlar davrida Saudiya Arabistoni klublariga 117 million evroga pullashni reja qilib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!