“Chelsi” katta transfer bilan hammani hayratga solmoqchi

  • 18.09.2022 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rahbariyati katta transferlar bilan jamoa muxlislarini hayratga solmoqchi, deb xabar tarqatdi The Sun nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, “aristokratlar” o‘z safiga “Borussiya” yulduzi Jud Bellingemni qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

19 yoshli futbolchi maydon  markazi va har ikki qanotda o‘ynay oladi. Angliyalik vunderkindga “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ham og‘iz solmoqda.

Dortmundliklar Bellingemni 115 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!