“Chelsi” kuygan transfer

  • 29.09.2022 13:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ijara asosida “Inter” sharafini himoya qilayotgan Romelu Lukaku “Chelsi”da bosh murabbiy almashganiga qaramay, “Stemford Bridj”ga qaytmasligini uqtirdi.

Ma’lumki, “aristokratlar” bir yil muqaddam belgiyalik hujumchini rekord summa – 115 million evroga xarid qilgan edi. Lekin Lukaku o‘sha davrdagi bosh murabbiy Tomas Tuxelning o‘yin uslubiga mos kelmadi.

Oqibatda tajribali to‘purar yozda “Inter”ga qaytib kelishga majbur bo‘ldi.

“Chelsi”ni yangi bosh murabbiy Grem Potter qabul qilib olganiga qaramay, 29 yoshli hujumchi ortga qaytish niyati yo‘qligini yashirmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!