"Chelsi" Loran Blan bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyligi uchun Loran Blan nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.
France Football nashri tarqatgan xabarga qaraganda “Napoli” bilan Mauritsio Sarrining transferi borasida kelisha olmagach, “aristokratlar” aynan 52 yoshli frantsiyalik mutaxassis bilan muzokaralarni boshlashgan.
Aytish lozimki, garchi Karlo Anchelotti “Napoli” boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan bo‘lsada, Sarrining “Napoli” bilan shartnomasi hali bekor qilinganicha yo‘q. Chunki, uning shartnomasida 8 mln evro tovon puli belgilab qo‘yilgan, “Chelsi” esa ushbu mablag‘ni to‘lamoqchi emas.
Xabarlarga qaraganda londonliklar direktori Marina Granovskaya 2016 yil PSJdan ketgach ishsiz yurgan Loran Blan bilan uchrashgan.



Fikrlar