Shomurodov dubly qayd etgan o‘yinda uning harakatlarida qanday baholandi?

  • 25.04.2026 02:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 31-turidan o‘rin olgan bahsda "Istanbul Boshakshehir" o‘z uyida "Kasimpasha" jamoasini 4:0 hisobida taslim qildi.

E’tiborli­si, mazkur o‘yinda Eldor Shomurodov dubly qayd etib, "Boshakshehir"ning g‘alabasiga katta hissa qo‘ydi.

Uchrashuvdan so‘ng bir qator statistik portallar futbolchining harakatlarini baholadi. Unga ko‘ra, "Fotmob" vakilimizni 8.8 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" 8.6 ball qo‘ydi. Shuningdek, "Flashscore" esa 8.3 ball bilan baholadi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda to‘purarlar poygasida u 20 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!