
"Chelsi" Lukaku bo‘yicha yuborilgan so‘nggi taklifni ham rad etdi
"Chelsi" hujumchi Romelu Lukaku bo‘yicha kelgan navbatdagi taklifni rad etdi. Milanning "Inter" klubi belgiyalik iqtidor sohibini ijaradan to‘liq sotib olishga urinib ko‘rdi.
Londonliklar Lukakuni kamida 40 million evroga sotishni rejalashtirmoqda. Unga "Yuventus" va "Al-Hilol" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Romeluni "Chelsi" "Inter"dan 113 million evro evaziga sotib olgandi. O‘tgan mavsumni futbolchi ijara asosida "neradzurrilar" tarkibida o‘tkazdi va chempionlar ligasi finaliga qadar etib bordi.
Fikrlar