
“Chelsi” manchesterliklar quvib yuborgan yulduzga ish bermadi
Taniqli jurnalist Saymon Fillipsning ma’lum qilishicha, “Chelsi” rahbariyati “Manchester Yunayted” o‘yinchisi Jeydon Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olish taklifini qabul qilmagan.
Sanchoning agentlari bir necha klublari qatorida “aristokratlar”dan ham o‘z mijoziga ish berishni so‘ragan. Lkin “Chelsi” mutasaddilari 24 yoshli hujumkor futbolchi jamoaga to‘g‘ri kelmasligini ro‘kach qilib, undan yuz o‘girgani aytilmoqda.
Jeydon Sancho Angliyaning eng iqtidorli futbolchilar biri sifatida e’tirof etilgan. Biroq u “Manchester Yunayted” bosh murabbiy Erik ten Xag bilan kelisha olmay qolgani uchun yakunlangan mavsumni ijara asosida “Borussiya”da o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
Erik ten Xag Manchesterdagi ishini davom ettirishi hal etilganidan keyin Jeydon Sancho o‘ziga yangi jamoa qidirishga majbur bo‘lmoqda.
Fikrlar