
"Chelsi" Moratani olish uchun "Real"ni rozi qiladigan yo‘l topdi
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Yuventus"da o‘zi bilan birga ishlagan shogirdi Alvaro Moratani olish fikridan qaytgani yo‘q va uni Londonga olib kelish uchun yo‘l qidirayotgan edi.
Alvaro Morata bir mavsum davomida "Real"ning asosiy o‘yinchisi maqomini ola bilmadi. Zinedin Zidan Alvarodan ko‘ra o‘z hamyurti Karim Benzemaga ko‘proq imkoniyat bermoqda. Shuning uchun ham Alvaro Morata yozda Madriddan ketmoqchi.
"Chelsi" rahbariyati Moratani olish uchun "Real" rozi bo‘ladigan summa - 65 million evro takloif qilishga rozi bo‘ldi.
"Real" esa Moratani londonliklar etakchisi Eden Azarga almashtirishni taklif qilmoqda.
Fikrlar