"Chelsi" MYu yetakchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 24.01.2026 17:09
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr faoliyatini Londonning "Chelsi" klubi safida davom ettirishi mumkin.

"CaughtOffside" nashri bergan ma'lumotga koʻra, londonliklar yozda futbolchini erkin agent sifatida oʻz safiga qoʻshib olish variantini koʻrib chiqmoqda. "Aristakrotlar" Maguyrda Tyago Silva kabi jamoa yetakchiligi xususiyati bor deb hisoblayapti.

Harrining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. 

Eslatib oʻtamiz, 32 yoshli himoyachi 2019 yildan beri Manchester klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 257 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol kiritdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!