
"Chelsi" MYuga qarshi bahs oldidan katta yo‘qotishga uchradi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Vitor Mozes Angliya Premer-Ligasi 11-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda "aristokratlar" ustozi Antonio Konte aytib o‘tdi.
"Vitorda hech qanday imkoniyat yo‘q. Uning jarohati jiddiy. Kanteda esa o‘sish kuzatilmoqda. Orada yana bir kun bor. Shundan keyingina Kante uchun maqbul variantni tanlashimiz mumkin", - deb aytib o‘tdi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" - MYu o‘yini 5 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21.30 da start oladi
Fikrlar