“Chelsi” orzusidagi yulduz o‘rniga sakkiz baravar arzon futbolchini oladi

  • 13 iyul, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati qator klublar nishonida turgan “Vest Xem” etakchisi Deklan Rays transferidan voz kechadigan bo‘ldi.

Tecno

“Aristokratlar” amalga oshishi qiyin bo‘lgan transferga ortiqcha vaqt va pul sarflamasdan boshqa o‘yinchi oladigan bo‘ldi.

Londonliklar ayni paytda №Marsel” yarim himoyachisi Bubakar Kamara nomzodi manzur bo‘lib turibdi. 21 yoshli futbolchining transferi ancha arzon narxda – 12 million funt evaziga rasmiylashtirish mumkin.

Mutaxassislarning baho berishicha, Kamara raqib maydonchasi yaqinida xavfli pas oshirish bo‘yicha Frantsiya chempionatida etakchilardan hisoblanadi. Shuningdek, iste’dodli yarim himoyachi  raqibdan to‘pni olib qo‘yish va uni egallab turishda ham o‘z mahoratini namoyish etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!