
"Chelsi" o‘tgan mavsum xarid qilgan futbolchisini APLning boshqa klubiga sotib yubormoqda
"Chelsi" yarim himoyachisi Kiran Dyuzberi-Xoll faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa bir klubida davom ettrish arafasida.
Londonliklar 26 yoshli futbolchini "Everton"ga transfer qilishga kelishib oldi.
Liverpulliklar belgilangan miqdorda 25 million funt to‘laydi. Bonuslarni hisobga olgan holda, bitimning umumiy summasi 28-29 million funtni tashkil qilishi kutilmoqda.
2024 yilning iyulida London klubi "Lester"dan Kiran Dyuzberi-Xollni 30 million funtga sotib olgandi.
O‘tgan mavsumda angliyalik xavbek APLda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi va maydonda o‘rtacha 19 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar