"Chelsi" o‘ziga zo‘r hujumchi topdi

  • 25.03.2023 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstriyaning “RB Zaltsburg” klubi hujumchisi Benjamin Sheshko faoliyatini Angliya Premer-ligasining top-klublaridan birida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Tecno

Fichajes jurnalistlarining yozishicha, 19 yoshli sloveniyalik futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda. Transfer narxi esa 50 million evroga baholanmoqda. Hujumchining Avstriya klubi bilan shartnomasi esa 2026 yilning yoziga qadar imzolangan.

Benjamin joriy mavsum Avstriya chempionatida 21 o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!