
“Chelsi” qaror qabul qiladigan vaqt keldi
“Bayer” yarim himoyachisi Kay Xavertsni olishga harakat qilayotgan “Chelsi” bu boradagi ishlarini jadallashtirishga majbur bo‘lib qoldi.
Leverkuzenliklar o‘z futbolchisini yangi mavsumga xotirjam tayyorlanishini ta’minlash uchun londonliklarga o‘ziga xos shart qo‘ydi. Unga ko‘ra, Xavertsni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub transfer ishlarini 28 avgustga qadar hal qilishi kerak.
Aynan mana shu sanadan “Bayer” mashg‘ulotlarni boshlaydi va keyin transfer borasidagi muzokaralarga chalg‘imaydi.
“Bayer” yakunlangan mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolganidan keyin Kay Xaverts kuchliroq jamoaga o‘tib ketishni istamoqda.
Fikrlar