“Chelsi” qimmatbaho yulduzdan qutilish uchun uni arzon sotmoqchi
“Chelsi” rahbariyati so‘nggi yillarning eng omadsiz transferlaridan biri – Romelu Lukakudan qutilish yo‘llarini qidirmoqda.
Bir yarim yil muqaddam 97,5 million funtga xarid qilingan futbolchi yana “Chelsi”ga moslasha olmadi. Belgiyalik forvard mavsum boshidan beri “Inter”da ijarada o‘ynamoqda. Milan klubi ham uni o‘z safida olib qolish fikridan qaytdi.
“Chelsi” mutasaddilari muxlislardan Romelu Lukaku masalasida xavotir olmaslikni so‘radi. Rahbariyat uni boshqa klubga to‘liq sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu borada uni so‘ragan klublardan katta badal puli talab qilinmaydi.
Football London nashrining yozishicha, Lukakuga “Tottenxem”, “Nyukasl”, “Bavariya” va “Atletiko” qiziqmoqda.



Fikrlar