"Chelsi" qishda Xadson-Odoini qo‘yib yubormaydi

  • 7 dekabr, 2020, 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" rahbariyati hujumchi Kallum Xadson-Odoini davralar oralig‘ida qo‘yib yubormoqchi emas.

The Athletic tarqatgan xabarga ko‘ra, “aristokratlar” 20 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha bildiriladigan har qanday taklifni rad etadi, garchi u London klubida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgan bo‘lsa ham.

Xadson-Odoi joriy mavsum “Chelsi” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!