
"Chelsi" rahbarlari Saudiyadan "Liverpul" sobiq futbolchisini jamoaga olib kelmoqchi
"Chelsi" rahbariyati jamoaga tajribali yarim himoyachi olib kelishni maqsad qilgan. Asosiy nomzod sifatida "Al-Ittifoq" vakili Jordan Xenderson nomi tilga olinmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Jordan hozirda saudiyaliklar bilan kelisha olmay qolgan va boshqa klubga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. "Aristokratlar" ham "Liverpul" sobiq sardorini yanvardayoq ketishi kutilayotgan Konor Gallaxer o‘rniga sotib olmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, Xenderson joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatining 17 bahsida 4 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar