
«Chelsi» Sancho va Vernerni qo‘lga kiritish uchun yozgacha kutishiga to‘g‘ri keladi
Jeydon Sancho dortmundliklar bilan EChLdagi yurishini davom ettirish istagida. Bundan kelib chiqadiki, londonliklar 19 yoshli angliyalik futbolchining transferini yozda amalga oshirishlari mumkin, deb xabar bermoqda goal.com sayti.
Verner esa «RB Leyptsig» bilan Bundesligada zafar quchmoqchi va Evro-2020 dan avval hech qanday taklifni ko‘rib chiqmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Jeydon Sancho joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, Vernerda ushbu ko‘rsatkich 25 ta uchrashuvda 23 ta gol hamda 10 ta pasni tashkil qiladi.
Fikrlar