"Chelsi" Sarriga yana bir mavsum imkon bermoqchi
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrini iste’foga chiqarmoqchi emas.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 60 yoshli italiyalik mutaxassisni yana bir mavsum saqlab qolishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Chelsi" xo‘jayini Roman Abramovich har qanday holatda ham mavsum yakunlangach Sarrini iste’foga chiqarishi va unga esa “Yuventus” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Sarri “Chelsi”ni 2018 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Joriy mavsum uning qo‘l ostidagi jamoa joriy mavsum APLda 3-o‘rinni egalladi va Evropa ligasi finaliga qadar etib bora oldi. Endi “aristokratlar” 29 may kuni Bokuda “Arsenal”ga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar